Yoshlarimiz Chexiya va Vengriyada o‘tkaziladigan Evropa Kuboklariga jo‘nab ketishdi

  • 3 iyul, 10:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Kamol Murodov murabbiyligidagi dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini yaqin o‘n kun davomida ikkita nufuzli musobaqa kutib turibdi. 

Tecno

Avvaliga 5-6 iyul kunlari Chexiya poytaxti Praga shahrida "Junior European Cup 2025" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu Evropa ochiq chempionati yakunlanganidan so‘ng Chexiyaning Nimburk shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. Unda yoshlarimiz ham ishtirok etishadi. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 12-13 iyul kunlari Vengriyaning Paksh shahrida o‘tkaziladigan "Junior European Cup 2025" turnirida yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Ma’lumot uchun, Chexiya turnirida 4 qit’aning 32, Vengriya musobaqasida esa 5 qit’aning 39 davlatidan keladigan jami 1000 nafarga yaqin dzyudochilar medallar uchun tatamiga chiqadi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!