Yovich ertaga "Real" futbolchisi sifatida tanishtiriladi

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, ertaga, 12 iyun kuni "Santyago Bernabeu" stadionida Yovich "Real" futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi. Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" 4 iyun kuni 21 yoshli futbolchining transferini e’lon qilgan edi.

Unga ko‘ra, Yovich madridliklar bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Kelishuvning qolgan bandlari ochiqlab o‘tilmagan, ammo OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, mazkur transfer "qaymoqranglilar" uchun 65-70 mln evroga tushgan.

Ma’lumot uchun, serbiyalik forvard yakuniga etgan mavsumda "Ayntraxt" safida Bundesligada 32 ta bellashuvda maydonga tushdi va 17 ta to‘p kiritib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!