Yovich nega Serbiya terma jamoasiga chaqirilmadi?

  • 14.10.2019 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi forvardi Luka Yovich Serbiya terma jamoasining Paragvayga qarshi o‘rtoqlik va Litvaga qarshi Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlarga nega chaqirilmagani ma’lum bo‘ldi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra serbiyaliklar ustozi Lyubisha Tumbakovich o‘tgan oy Lyuksemburgga (3:1) qarshi o‘yinda qatnashmagani uchun Yovichni shu tariqa jazolashga qaror qilgan. Ta’kidlash kerakki, Yovich ushbu o‘yinda jarohati sabab ishtirok etolmasligini ma’lum qilgan. Ammo, oradan 4 kun o‘tib “Real” safida “Levante”ga (3:2) qarshi o‘yinda maydonga tushgan.

Yuqoridagi holat murabbiyni jahlini chiqardi va shu bois Yovichni oktyabr oyidagi o‘yinlarga chaqirmaslikka qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!