
Yovich uchun kurashda qaysi jamoa favorit?
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi forvardi Luka Yovich mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartiradi.
Sportsmole nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli serbiyalik futbolchi uchun kurashda "Chelsi" favorit hisoblanadi. Biroq, FIFAning transfer ta’qiqi olib tashlanmasa, "aristokratlar"ning bu boradagi rejalari barbod bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Yovichga shuningdek "Arsenal", "Barselona" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalardan ham qiziqishlar mavjud. Nemis klubi esa uning transferini 70 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum “Ayntraxt” safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 23ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar