Yovichning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi

  • 10.09.2019 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi hujumchisi Luka Yovichning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar 21 yoshli serbiyalik futbolchi jiddiy jarohat olmaganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, Yovich kuni kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Portugaliyaga (2:4) qarshi o‘yinda jarohat olib 87-daqiqada maydondan chetlatilgan edi.

Ma’lumot uchun, “Real” Yovichni joriy yoz “Ayntraxt”dan 60 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!