
Yovichning otasi: Bunday bo‘lishini hech kim kutmagandi
"Real" hujumchisi Luka Yovichning otasi Milan Yovich o‘g‘lining jarohati haqida gapirdi.
“Bu dahshatli. Bu umuman kutilmagan voqea bo‘ldi. Luku Belgraddagi o‘z uyida klub ko‘rsatmalariga muvofiq mashg‘ulotlar o‘tkazdi va birdan og‘riq his qildi. Jarohat bu qadar jiddiy ekanligini hech kim kutmagandi”, - deydi serbiyalik futbolchining otasi.
Yovich joriy mavsum “Real” safida 24 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar