Yovichning "Real"da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

  • 04.06.2019 17:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan biroz avval Frankfurtning “Ayntraxt” klubi forvardi Luka Yovich nihoyat “Real” futbolchisi deb e’lon qilindi.

Tecno

Biroq, “qirollik klubi” hozircha 21 yoshli serbiyalik to‘purarning transferi bilan bog‘liq moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilmagan edi. Goal.com nashri tarqatgan xabarga qaraganda madridliklar Yovichning transferi uchun nemis klubiga 60 mln evro to‘lagan. Futbolchining o‘zi esa madridliklar bilan 6 yillik shartnoma imzolagan va u ushbu davr mobaynida jami 70 mln evro maosh oladi. Aniqrog‘i, uning yillik maoshi 11,67 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Yovich faoliyati davomida “Ayntraxt”dan tashqari shuningdek "Benfika" va "Tsrvenu Zvezda" klublarida o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum Bundesliga va Evropa ligasida 36ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 27ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!