
Yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga start berildi
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi negizida “Yozgi biatlon” bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh murabbiyi S. V. Serebryakov, Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh. Qoraboev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisi A. Mo‘minov, “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyati kengashi raisi I. Najmiddinov va OAV xodimlari ishtirok etdilar.
Tantanali tadbirdan so‘ng Yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasiga start berildi. Mazkur musobaqada Toshkent shahri va viloyatlardan jami 108 nafar sportchi ishtirok etmokdalar.
Fikrlar