
Yulduzlarning ko‘z yoshlari (FOTO)
Koronavirus epidemiyasi tufayli yuzaga kelgan karantin vaqtida o‘quvchilarimiz uchun qiziqarli ma’lumotlarni berishda davom etamiz.
Jahon futbolining yulduzlari ko‘z yoshlarini tiyib turolmaganini ko‘rgansiz, albatta! Shu onlarni B/R Football tomonidan taqdim etilgan suratlar orqali yana bir bor yodingizga solamiz.
Evropa Chempionlar ligasi finalida jarohat olib, jamoasiga yordam berolmasligini bilgan Muhammad Salohning achchiq ko‘z yoshlari!
JCh-2018 yo‘llanmasi uchun pley off bosqichida Italiya terma jamoasi Shvetsiya to‘sinidan o‘ta olmadi va Janluiji Buffon so‘nggi marotaba jahon chempionatida o‘ynash orzusiga erisha olmaganidan yig‘ladi.
2014 yilgi jahon chempionatining yarim final uchrashuvi ko‘pchilikning yodidan hech qachon chiqmasa kera. Yoaxim Lyov shogirdlari mezbonlarni 7:1 hisobida "qir tishlatgan" va hushchaqchaq David Luizni ham ko‘zlaridan yosh oqqan.
Rossiya maydonlari mezbonlik qilgan 2018 yilgi musobaqada Ispaniya pley-off bosqichida aynan, mezbonlarga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Madrid klubining va terma jamoaning sardori Serxio Ramos alamli mag‘lubiyatdan ko‘z yosh qilgandi.
2016 yilgi Amerika kubogining finalida Argentina terma jamoasi Chiliga penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydi. 11 metrlik nuqtadan darvozani nishonga ololmagan Lionel Messi alamda qolgandi.
2004 yilgi Evropa chempionatida yosh Krishtianu Ronaldu finalda Gretsiyadan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng, qattiq yig‘lagandi. E’tiborli tomoni, musobaqaning ochilish uchrashuvida ham greklar mezbonlarni dodini berishgan va yakunda ham!
"Evro-2012" finalida Ispaniya terma jamoasi Italiyani yirik hisobda tor-mor keltirgandi. Shu kuni, be’zoriligi bilan mashhur bo‘lgan Mario Balotelli chempionlik armonida "yongandi".
2013/14 yilgi Angliya Premer ligasi chempionligidan so‘ng, keyingi mavsumdagi omadsizlikdan "Liverpul"ning o‘sha paytdagi forvardi Luis Suares ko‘z yosh qilgandi.
2014 yilgi jahon chempionatining chorak finalida Braziliya terma jamoasi 2:0 hisobida Kolumbiyani mag‘lub etayotgan edi. Uchrashuvning 80-daqiqasida Xames Rodriges penaltidan hisobni qisqartirgan, ammo o‘yin yakuniga qadar boshqa gol bo‘lmagan va Xames alamli mag‘lubiyatni qabul qilishi qiyin kechgan.
Fikrlar