Yulian Draksler PSJ va "Arsenal" jamoalaridan birini tanlaydi

"Volfsburg" klubi yarim himoyachisi Yulian Drakslerning vakili futbolchining kelajagi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Hozircha hech qanday masalaga aniqlik kiritilganicha yo‘q. Yulian PSJ va "Arsenal" jamoalaridan birini tanlaydi. U hozircha o‘ylayapti va yaqin orada yakuniy qarorga  keladi. Hozircha faqat shuni aniq aytishim mumkinki, u "Volfsburg" tarkibidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazib bo‘ldi, - deydi futbolchining vakili Le Parisien nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!