
Yulian Nagelsmann Noyerning qaroriga munosabat bildirdi
Yulian Nagelsmann Manuel Noyerning Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi haqidagi qaroriga munosabat bildirdi. Oldinroq "Bavariya"ning 38 yoshli darvozaboni terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
"Men Manuelning qarorini tushunsamda, uning ketishi sport miqyosida katta yo‘qotish ekanligini aytishim kerak. Noyer, futbol tarixida hech kimga o‘xshamasdan, darvozabonlikning yangi uslubini shakllantirdi. O‘zining seyvlari va xarizmasi tufayli u 15 yil davomida terma jamoa libosini sharaf bilan kiydi.
Uning ulkan tajribasi va mahorati bizga qanday futbolni falsafasini xohlashimiz haqidagi g‘oyani shakllantirishda muhim omil bo‘ldi. Noyer ajoyib sportchi va ajoyib inson bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.
Men u bilan tez-tez muloqot qilishga intilaman va kelajakda ham buni davom ettirishim mumkinligidan xursandman. Terma jamoada doimo Noyerni sog‘inib qolamiz", - dedi Yulian Nagelsmann.
Fikrlar