Yumaloq-dumaloq. “Arsenal”ga qarshi o‘yindagi “pirogxo‘r” Ueyn Shou esingizdami?

  • 25 fevral, 2020, 11:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shou bundan uch yil oldin Angliya kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi bahsda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib, pirogni paqqos tushirgan edi.

Tecno

Bu voqea kamera obektivlaridan chetda qolmadi va Shouning «ochofatligi» ijtimoiy tarmoqlar orqali butun dunyoga ma’lumu mashhur bo‘lib ketdi.

wayne cake 5

Shundan keyin ham darvozabonning klub bilan munosabati yaxshi edi. Biroq uning qonidan aniqlangan doping sabab “Satton Yunayted” futbolchi bilan amaldagi shartnomani bekor qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, britaniyalik bukmeykerlardan biri Ueyn Shouning o‘yin payti engil tamaddi qilib olishi uchun 8x1 koeffitsient bilan “stavka”lar olgan. Shouning do‘stlari esa bu ma’lumotni darvozabonga etkazadi va darvozabon o‘z do‘stlariga pul topishda yordam berishga qaror qiladi.

- Ha, do‘stlarim, agar o‘yin paytida pirog iste’mol qilsam, 8 barobargacha pul ishlab olishlari mumkinligini aytishdi. Men kun bo‘yi hech narsa emadim, lekin hazil tufayli bu ishni qila olishimni aytdim. Menimcha, kimdir o‘sha kuni boyib ketgan deb o‘ylamayman, - deya aybini tan oladi futbolchi.

Ushbu o‘yin ingliz futbol ierarxiyasida 105 pog‘ona yuqoriroq bo‘lgan “Arsenal”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindan bir necha soat o‘tgach, Shou eng yaxshi nashrlarning top sahifalaridan joy oldi va ertasi kuni ertalab u Pirs Morganning “Xayrli tong Britaniya” (Good Morning Britain) ko‘rsatuviga taklif etildi.

Image result for Good Morning Britain wayne show

- Men Pirs bilan tezda til topisha oldim. Dasturning o‘sha soni juda qiziqarli bo‘ldi: men unga Angliyadagi podvallarda o‘tkaziladigan ligalar haqida gapirib berdim va u menga o‘zining sevimli “Arsenal”i haqida so‘zlab berdi.

Ushbu voqeadan so‘ng, Ueyn Shou Angliyada shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, ijtimoiy tarmoqlarda uning muxlislari son sanoqsiz edi. Eksklyuziv intervyu olish uchun mamlakatning etakchi telekanallari muxbirlari uning uyi atrofida jam bo‘lishgan edi.

- Ijtimoiy tarmoqdalarda klub men bilan shartnomani bekor qilgani haqida xabar paydo bo‘lgach, jurnalistlar mening uyimga bostirib kirishmoqchi bo‘lishgandi. Klubdan ketishim haqidagi rasmiy xabardan so‘ng ostonamda naq sakkiz nafar muxbir turardi.

wayne cake 1

Keyingi uch oy davomida Shou 35 ming funt sterling ishlab topdi – bu pullar nafaqat intervyulardan balki u ishtirok etgan oziq-ovqat tanlovlariyu turli tuman reklamalardan kelib tushgan edi.

Masalan, uning surati “Papa Jons” pitstseriyasining afishalaridan joy oldi. Uni hatto boshqa mamlakatlarga ham chaqirishdi - Shvetsiyada u bir nechta ko‘ngilochar shoularda ishtirok etadi.

Shou hozir 48 yoshda va u fast-fud biznesida o‘z o‘rnini egallashga harakat qilmoqda:

- Ushbu voqeadan so‘ng butun bir mavsum uchun oladigan maoshimni bir oyda ishlab topdim. Biroq ular tezda sarflanib ketdi. Shunda menda o‘tirib, kelajak haqida o‘ylab olishga imkoniyat paydo bo‘ldi. Natijada futbolga hech qanday aloqasi bo‘lmagan va meni aqldan ozdiradigan fast-fud biznesini yuritishga qaror qildim.

wayne cake 3

Ueyn o‘zining ona shahri Tottonda kichik bir kafe ochadi va u erda «firmenniy» piroglar, xot-doglar va turli xil kokteyllar savdosi bilan shug‘ullanadi So‘nggi paytlarda 48 yoshli Shouning ishlari yurishib ketadi va “Salmon Lip” pabini sotib oladi.

- Bu shaharning eng yaxshi qovoqxonalaridan biri. Men uni sotib olib, rivojlantirishni orzu qilardim. Yoshim o‘tib bormoqda, menimcha faol ishlashga menda taxminan 10 yil qoldi. Bu vaqt davomida o‘z kelajagim uchun pul ishlashda davom etaman. Qariyalik paytimda kimgadir zoriqib qolishni xohlamayman.

wayne cake 4

Yakuni xayrli bo‘lgan “pirog” voqeasi u uchun bir olam omad olib kelganiga qaramay, Ueyn Shou Angliya kubogi doirasidagi “Arsenal”ga qarshi o‘yindagi “qilmishi”dan afsusda:

- O‘shanda mening futbolchilik kareram butunlay vayron bo‘lgan edi. Bo‘lib o‘tgan voqeadan afsusdaman. Hech qachon bunday ishni takrorlamagan bo‘lardim. Mening o‘sha harakatlarim keng miqyosda yoyilib ketishini kutmagan edim.

- Murabbiy Pol Dosvel men bilan yaxshi muomalada edi. Men uni o‘ttiz yildan ko‘proq vaqtdan beri tanir edim. Biroq o‘sha voqeadan so‘ng biz atigi ikki-uch marta ko‘rishdik xolos. Chunki u mendan judayam xafa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!