
Yunon-rim kurashi. Vakillarimiz xalqaro turnirda 6ta medal qo‘lga kiritdi
Ayni kunlarda yunon-rim kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Belarus Respublikasida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Sportchilarimiz yig‘in doirasida Olimpiada chempioni Oleg Karavaev xotirasiga tashkil etilgan xalqaro musobaqada qatnashdi.
Qiziqarli bellashuvlarga boy bahslarda kurashchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldilar. Terma jamoamiz Belarusdagi mashg‘ulotlarni 28 noyabrga qadar davom ettiradi. Xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarilgan kurashchilarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-72 kg: Abdullo Aliev
Kumush medal:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboev
-72 kg: Abror Atabaev
Bronza medal:
-63 kg: Islomjon Bahromov
-72 kg: Mahmud Baxshulloev
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar