Yunon-rum kurashchilarimiz jahon chempionatida bahslarga kirishmoqda
Bugundan Xorvatiyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida yunon-rum kurashi bellashuvlari boshlanadi. Kun davomida 3 nafar "klassik" kurashchimiz saralash bosqichida gilamga chiqadi.
Saralash:
-55 kg: Ixtiyor Botirov – Junski Yu (Koreya Respublikasi)
-77 kg: Aram Vardanyan – Robert Fritsh (Vengriya)
-82 kg: Jalg‘asbay Berdimuratov – Vonjong Sun (Koreya Respublikasi)
Ortda qolgan kun gilamga chiqqan qizlarimizdan Shohida Ahmedova bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Uning bu yo‘ldagi dastlabki raqibi germaniyalik sportchi bo‘ladi.
O‘tish bosqichi:
-53 kg: Shohida Ahmedova – Annike Velde (Germaniya).



Fikrlar