Yunon-rum kurashi. Hamyurtimiz finalda, yana bir polvonimiz bronza uchun kurashadi

Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Ayni paytda musobaqada yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda -48kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abror Otaboev musobaqa davomida Ukraina, Armaniston, Rossiya va Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Ertaga endi u finalda eronlik Sajjad Abbospuragoniga qarshi gilamga chiqadi.

Shuningdek, -55 kg vazn toifasida Amirbek Sultonov ertaga bronza medali uchun bahs yuritadi, deya ma’lum qiladi MOQ matbuot xizmati. 

Undan tashqari ertaga quyidagi sportchilarimiz medallar uchun kurash olib borishadi:

-45kg: Husan Yunusxonov

-51kg: Lazizxon O‘zbekov

-60kg: Muhammadali Payanov

-92kg: Abror Nurmuhammedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!