
Yurgen Klopp "Liverpul" sotib ololmaydigan yulduz haqida gapirdi
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jud Bellingem bir necha grand jamoalar diqqat markazida bo‘lib turibdi. Ammo uni sotib oladigan "mard" topilmayapti.
Jumladan, nomzodlar qatorida "Liverpul" ham tilga olingandi. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp ingliz vunderkindining Angliyaga qaytishi haqida fikr bildirdi: "Jud transfer bozorida emas. Bu uning birinchi muammosi. Aslini olganda, bu futbolchining yagona muammosi hisoblanadi",-deya hazil qildi Klopp.
"Asalarilar" rahbariyati 19 yoshli futbolchini sotib olmoqchi bo‘lgan xaridordan 100 million evro talab qilmoqda. Shu bois, da’vogarlar kamida yana bir mavsum sabr qilishni ma’qul ko‘rdi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilga qadar amal qiladi.
Bellingem 2 yil oldin "Birmingem"dan dortmundliklar tarkibiga kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar