Yuriy Jirkovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

  • 15 iyun, 2021, 17:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yuriy Jirkov endi Rossiya terma jamoasiga Evropa chempionatida yordam berolmaydi. 37 yoshli himoyachi shanba kuni Belgiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda son mushakidan jarohat olgan.

Rossiya terma jamoasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 37 yoshli futbolchining jarohat jiddiy bo‘lganligi sababli, u terma jamoa qarorgohini tark etdi. Yuriy tez orada Moskvada reabilitatsiya jarayonini boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Yuriy Jirkovning "Zenit" bilan shartnomasi tugagan. 37 yoshli futbolchining faoliyatini davom ettirishi yoki qilmasligi hali aniq emas.

Ayni paytda Rossiya terma jamoasi 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Finlyandiyaga qarshi o‘yinga tayyorlanmoqda. Stanislav Cherchasov shogirdlari dastlabki turda Belgiyaga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!