"Yuve" Dibala bilan kelisha olmayapti
"Yuventus" klubi rahbariyati hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirishmoqda.
Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, turinliklar argentinalik futbolchiga yangi shartnomani joriy maoshi saqlanib qolish varinatida taklif qilishmoqda, unda forvard qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan bonuslar sezirarli darajada yuqorilaydi.
Ta’kidlanishicha, Dibala jamoasidan yanada yaxshiroq taklif kutmoqda, ya’ni, u bonuslarsiz yillik 10 million evro maoshga ega bo‘lgan shartnoma taqdim qilinishini kutmoqda.
Oldinroq, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2024 yoki 2025 yilgacha imzolanishi xabar qilingan edi.

Fikrlar