"Yuventus" - "Lion" uchrashuvi boshqa davlatda o‘tkazilishi mumkin

  • 8 mart, 2020, 22:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus" va "Lion" jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yini Italiyada tarqalgan koronavirus epidemiyasi sabab boshqa davlatda o‘tkazilishi mumkin.

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha ushbu uchrashuv Malta davlatida o‘tkazilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" - "Lion" bahsi 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoalarning Frantsiyada o‘tgan dastlabki bellashuvida lionliklar 1:0 hisobida zafar quchishgan edi.

Ta’kidlash kerakki, Italiya ayni damda koronavirus keng tarqalgan dunyodagi 3-davlat bo‘lib turibdi. Mamlakatda jami 5883 nafar inson ushbu virusni yuqtirib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!