«Yuventus», «Chelsi» va «Liverpul»siz EChL?! Kuchli beshlikda kimlar «qayiqdan» tushib qoladi?!

  • 6 aprel, 2021, 11:56
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz Evropa chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin bo‘lgan klub va mashhur futbolchilar haqida fikr yuritadi.

Tecno

APL

rekogkerogk

EChLda: «Manchester Siti»

Deyarli EChLda: «Manchester Yunayted»

Ikkita yo‘llanma uchun: «Lester», «Chelsi», «Liverpul», «Vest Hem», «Tottenhem», «Everton»

-  «Liverpul»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng, «Arsenal» kuchli to‘rtlikdan o‘rin egallash imkoniyatini to‘liq qo‘ldan chiqardi. 30 turdan so‘ng, Arteta «Lids» singari 42 ochko jamg‘ardi xolos.

-  «Brayton» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «qizil  iblislar» kumush medalni o‘ziniki qilib oldi, hisob. Grandlarning barqaror o‘yin namoyish etmayotganini inobatga olsak, Sulsher 2-pog‘onani finishga qadar hech kimga berib qo‘ymoqchi emas.

-  «Lester» o‘tgan mavsumning so‘nggi turlarida EChL yo‘llanmasini qo‘ldan chiqargan edi. Hozir ham ahvol havas qiladigan darajada emas. So‘nggi uch turda «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Tottenxem» bilan kuch sinashishga to‘g‘ri keladi. «Siti»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng, Rojers mavsumning hal qiluvchi «janglariga» shogirdlarini tayyorlashi shart.

-  Kuchli to‘rtlikka  kirish uchun «Chelsi» asosiy da’vogar edi, biroq 2:5 dan so‘ng, vaziyat o‘zgarib ketdi. «Everton» zaxiradagi ikki o‘yinida 6 ochko ishlasa, London klubidan o‘zib ketadi. «Liverpul» esa, atigi ikki ochko ortda kelmoqda.

A Seriya

kerkerker

Deyarli EChLda: «Inter»

3 yo‘llanmani uchun: «Milan», «Atalanta», «Yuventus», «Napoli», «Latsio», «Roma».

-  Rimlik «bo‘rilar» va «Verona» o‘rtasidagi tafovut allaqachon 10 ochkoga etdi. Elita va  o‘rtamiyonalar o‘rasidagi farq ko‘zga tashlanib qolgan. Bu mavsum «kuchli kvartet» uchun kurash olib borayotgan 6 jamoaning 3 tasi EChLda to‘p surgani yo‘q.

-  "Rossonerilar” yaqindagina bir oyog‘i bilan EChLda edi, ammo so‘nggi 5 tur hammasini o‘zgartirib yubordi. Oxirgi beshta o‘yinda atigi ikki bor g‘alaba qozongan klubni «Yuventus» va «Atalanta» quvib o‘tishi mumkin.

-  Turinliklar «Benavento»ga imkoniyatni boy bergach, «Torino»dan ustun kelishni uddalay olmadi. Oldinda «zebralar»ni «Napoli» va «Atalanta»ga qarshi oson bo‘lmagan o‘yinlar kutib turibdi. Taqvim amaldagi chempion bilan hazillashayotganga o‘xshaydi. Sababi, «Inter», «Milan» va «Fiorentina» ham «Yuve»ning mavsum so‘nggida qarshi oladi. Agar jamoasini o‘zgartirmasa, Ronalduni ilk bor Evropa Ligasi o‘yinlarida ko‘rishimiz mumkin.

Bundesliga

hkrtokhrohrth

EChLda: «Bavariya»

Deyarli EChLda: «RB Leytsig» , «Volfsburg»

Bitta yo‘llanma uchun: «Ayntraxt», «Borussiya D», «Bayer»

-  «Bavariya» «Leyptsig»ga qarshi muhim o‘yinda g‘alaba qozondi chempionlikni deyarli naqdladi. Endi oldindagi 7 turda mag‘lubiyatga  uchramaslikning o‘zi «Bavariya»ga EChL yo‘llanmasini taqdim etadi.

-  «Buqalardan»dan farqli o‘laroq, «bo‘rilar» uchun EChL yo‘llanmasiga ega bo‘lish katta voqea. Klub anchadan beri xalqaro arenada ko‘rinish bermagan edi.

-  «Ayntraxt»ni EChL yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqarib yuborishga erta. Andre Silva va Luka Yovichning klubi oxirigacha kurash olib boradi. «Borussiya D»ning mag‘lubiyatga uchrashi esa, vaziyatni yanada yaxshilanishiga olib keldi.

La Liga

regerherthrjhrj

EChLda: «Atletiko», «Real», «Barselona»

Deyarli EChLda: «Sevilya»

EChLni orzu qilayotganlar: «Vilyarreal», «Real Sosedad», «Betis».

-  «Sevilya» va «Atletiko»ni enggach, deyarli to‘rtinchi o‘rin masalasini hal etib bo‘ldi.

-  Frantsiyada bo‘lgani kabi, Ispaniyada ham chempionlik uchun intriga 100 foiz saqlanib qolgan. Ayniqsa, «matraschilar»ning Andalusiyadagi mag‘lubiyati, «Barsa» va «Real»ni ilhomlantirib yubordi.

-  «Sevilya» eng yaqin ta’qibchisi «Betis»dan ancha ilgarilab ketgan. Agar qolganlar o‘yinlarning birortasida g‘alaba qozona olmasagina «Betis» Lopotegi shogirdlarini quvib o‘tishi mumkin.

Liga 1

erijgiejrgijerg

EChLda: «Lill», PSJ, «Monako», «Lion»

- Frantsiyada kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash qizg‘in kechmadi. «Lans» 4-pog‘onadagi raqibidan 12 ochkoga ortda qolib ketdi.

- Shunga qaramay, Frantsiyada chempionlik poygasi avjiga chiqmoqda. PSJ turnir peshqadami «Lill»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Neymar yana qizil kartochka oldi. «Lion» «Lans» bilan o‘yinda ochko boy berdi, «Monako» esa o‘z uyinida g‘alaba qozondi.

- Kuchli to‘rlik uchun kurash kechmagan bo‘lsa-da, chempionlik uchun yuqorida zikr etilgan 4 klubda imkoniyat 100 foiz saqlanib qolgan. «Monako»ni oldinda «Lion» va «Renn»ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Agar klub muhim pallada 3 ochkolarni jamg‘arsa, yakunda chempionlikni nishonlashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!