“Yuventus”, “Inter” va “Milan” A Seriyada o‘ynamaydimi?

  • 20.04.2021 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Seriyaning ayrim klublari yangi tashkil etilgan Evropa Superligasida qatnashishini tasdiqlagan Italiya klublari – “Yuventus”, “Milan” va “Inter”ni milliy chempionatdan chetlatishni talab qilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur grand klublar vakillari A Seriya ishtirokchilarining  navbatdan tashqari tashkil qilingan majlisida jamoalari milliy chempionatdagi ishtirokini davom ettirishini bildirgan.

Hozircha, Evropa bo‘yicha eng mashhur 12 ta jamoa yangi loyihaga qo‘shildi. UEFA va FIFA bu jamoalar va musobaqada maydonga tushadigan futbolchilarni xalqaro o‘yinlardan chetlatishini bildirgan.

Superliga tashkilotchilari o‘z maqsadidan qaytmoqchi emas va xalqaro futbol tashkilotlari ularga qarshilik qila olmasligini ta’kidlamoqda.

 Shomurodov o‘ynayotgan chempionatda qo‘zg‘olon: “Yuventus”, “Inter” va “Milan” A Seriyani tark etsin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!