
"Yuventus" 3 nafar futbolchi bilan xayrlashadi
"Yuventus" yozgi transfer vaqtida 3 nafar himoyachi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, turinliklar Daniel Rugani, Mattia De Shilo va Merix Demiralni transferga qo‘yadi. "Keksa sinoralar" safiga qaytgan Massimiliano Allegriyangi mavsumda ushbu futbolchilarning xizmatidan foydalanmoqchi emas. Turin klubi uch himoyachidan kelgan pulni top futbolchini xarid qilishga sarflamoqchi.
Avvalroq, "Roma"ning yangi murabbiyi turkiyalik himoyachi Demiralga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Rugani o‘tgan mavsumni ijara asosida "Kalyari"da o‘tkazgan bo‘lsa De Shilo "Lion" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar