
"Yuventus" afsonasi "Real" va "Manchester Siti"ga o‘tmagani haqida gapirib berdi
"Yuvenuts" klubi himoyachisi Jorjo Kellini o‘z vaqtida "Real" va "Manchester Siti"dan takliflar bo‘lganini aytdi.
“Men “Yuve”dan ketishga 2 marta yaqin kelganman. Bu 2010 hamda 2011 yillarda sodir bo‘lgan. Birinchisida “Real”, ikkinchisida esa “Manchester Siti”dan taklif bo‘lgan. Ayniqsa, “qirollik klubi”ga o‘tishga juda yaqin kelganman”, - deydi italiyalik futbolchi.
Kellini “Yuventus” safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar