"Yuventus" Bernardeskini sotib olish fikridan qaytmayotir
"Yuventus" klubi "Fiorentina"dan Federiko Bernardeski xarid qilish yo‘llarini qidirishda davom etmoqda.
Turinliklar futbolchi uchun birinchi – 40 million evrolik (yana bonus 2 mln evro) taklifni yuborishgan, deya xabar beradi Sky Sport nashri. Florentsiyaliklar esa futbolchini sotishga shoshilmayapti.
Futbolchining "Fiorentina" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi. Avvalroq u klub bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortgan edi.
Fikrlar