“Yuventus” “Chelsi” etakchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

  • 9 avgust, 2022, 17:08
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino transfer oynasi yakuniga qadar "Yuventus" bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Tecno

Jurnalist Adam Nyusonning xabariga ko‘ra, “ko‘klar” futbolchini sotishga rozi. Faqat ungacha klub yangi yarim himoyachi sotib olishi kerak bo‘ladi. London klubi bir necha haftadan buyon "Barselona" a’zosi Frenki de Yong borasida muzokara olib bormoqda.

Jorjinoning "Chelsi" bilan shartnomasi tugashiga bor-yo‘g‘i bir yil qoldi, shuning uchun klub italiyalikni arzonroqqa bo‘lsa-da, sotmoqchi.

Avvalroq, Jorjino "Chelsi"ga Angliya Premer ligasining birinchi turi doirasidagi "Gudison Park"da kechgan "Everton"ga qarshi o‘yinda g‘alaba golini kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!