"Yuventus" Emre Jan narxini ma’lum qildi

Calciomercato nashriga ko‘ra, turninning "Yuventus" klubi germaniyalik yarim himoyachi Emre Janni sotib yuborishga tayyor.

25 yoshli futbolchi "Yuventus" asosiy tarkibidan doimo joy ololmayapti, shu sababdan uning o‘zi ham ushbu qarorga qarshi emas.

Futbolchi uchun italiyaliklar 35 million evro talab qilishmoqda. Unga MYu, PSJ va "Borussiya" klublari davogarlik qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!