
"Yuventus" finalga chiqish borasida etakchi
Italiya kubogi yarim finalining javob bahsida "Yuventus" o‘z uyida "Milan" klubini qabul qilib, 0:0 (birinchi bellashuvda 1:1 bo‘lgan) hisobida durang o‘ynadi.
Shunday qilib, Turin klubi Italiya kubogining finalida 19-bor ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu Italiya klublari orasida rekord hisoblanadi.
Ushbu ko‘rsatkich borasida "Roma" klubi ikkinchi o‘rinni band etib turipti. Rimliklar 16 marta finalda o‘ynashgan.
Fikrlar