
"Yuventus" futbolchilari Ronalduning kechirim so‘rashini kutishmoqda. Krishtianu uzr so‘raydimi?
«Yuventus» klubi futbolchilari Krishtianu Ronalduning «Milan»ga qarshi o‘yinda zaxiraga olingandan keyingi harakati uchun norozilik bildirishdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Portugaliyalik futbolchi "Milan" bilan o‘yinning 54-daqiqasida almashtirildi. Zaxiraga olingan Ronaldu esa uchrashuv tugamasidan kiyinish xonasiga kirib ketdi. Bundan esa futbolchilar norozi bo‘lishdi va uning kechirim so‘rashini kutishmoqda.
«Yuventus» Ronalduga jarima qo‘llamasligi aniq. Ammo klubning sport direktori Fabio Paratichi futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan bu holat yuzasidan gaplashgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduning o‘rniga maydonga tushgan Paulo Dibala o‘yin taqdirini hal qiluvchi yagona gol muallifiga aylangandi.
Fikrlar