"Yuventus" gol urmasdan "Milan"ni engdi va finalga chiqdi (video)
“Yuventus” kecha Italiya kubogi yarim final javob bahsi doirasida o‘z maydonida “Milan”ni qabul qildi.
Ushbu bahs har ikkala jamoa uchun ham 3 oylik karantindan keyingi ilk rasmiy o‘yin bo‘ldi. Afsuski, tomoshabinlar Turindagi o‘yinda gol ko‘rishmadi – 0:0. “Yuve” Milandagi o‘yinda 1:1 hisobida durang qayd etgani uchun finalga yo‘l oldi.
Aytish kerakki, birinchi bo‘limda "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu "Milan" darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar