"Yuventus" himoyachisi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Andrea Bartsali futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashini ma’lum qildi.
“Men kelajak faoliyatim haqida juda ko‘p o‘yladim. Futbolchilar kelajagi haqida o‘ylashi juda qiyin, chunki, kutilmagan jarohat ularning rejalarini butkul o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Mening oldimda tanlash uchun 2ta yo‘l bor va men yaqin oylar ichida ulardan birini tanlayman”, - deydi 38 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Bartsali “Yuventus” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “keksa sinora” tarkibida jami 14ta sovrin qo‘lga kiritdi, jumladan 7 marta mamlakat chempioni bo‘ldi.

Fikrlar