"Yuventus" Kezaning o‘rniga APLdan futbolchi topdi

  • 19 avgust, 2024, 16:32
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" anglilik futbolchi Raxim Sterlingni sotib olmoqchi, bu haqida "Sky Sport" nashri xabar bermoqda.

 Italiyaning "Yuventus" klubi yangi mavsum oldidan "aristokratlar" hujumchisi Sterlingni o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Federiko Kezaning jamoani tark etishi bunga sabab sifatida ko‘rilmoqda.  

Sterling 2022/23 mavsum avvalida "Manchester Citi" klubidan 47.5 million evro evaziga "Chelsi"ga o‘tgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Sterling 2 yillik faoliyati davomida "Chelsi" libosida 19 ta gol va 12 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Vingerning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Hozirda futbolchining Transfermarktdagi narxi 35 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!