"Yuventus" muxlislariga yaxshi yangilik bor
"Yuventus"ning afsonaviy hujumchisi Alessandro Del Pero AQShda kasalxonaga tushib qolgani haqida xabar berilgan edi.
Italiyalik futbolchi o‘zining instagramdagi sahifasida Los-Anjelesdagi kasalxonadan chiqqani va hozir ahvoli yaxshi ekani haqida ma’lum qildi.
“Yaxshi xabarlar uchun barchaga katta rahmat. Hozir o‘z uyimdaman va o‘zimni yaxshi his qilyapman”, - deydi 45 yoshli Del Pero.
Alessandro professional futboldagi faoliyatini 2015 yilda yakunlagan edi.

Fikrlar