
"Yuventus" Pogbaga o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Yuventus" yarim himoyachi Per-Emil Xyoyberg xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Turin klubi yozgi transfer vaqtida ham "Tottenxem" futbolchisni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgandi. Ammo Xyoybergga almashmoqchi bo‘lgan Artur yakunda "Fiorentina"ga ijara asosida ko‘chib o‘tgandi.
Endi, "keksa sinoralar" Emilni doping sababli vaqtincha diskvalifikatsiya qilingan Pol Pogbaga o‘rinbosar sifatida taklif qilmoqchi. Italiya klubi shuningdek, "Nitstsa" havbeki Kefren Tyuram variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar