
"Yuventus" Pogbaning doping testidan o‘ta olmaganiga izoh berdi
"Yuventus" matbuot xizmati yarim himoyachisi Pol Pogbaning doping-testdan muvaffaqiyatsiz o‘tgani haqidagi xabardan so‘ng bayonot berdi.
“Yuventus” futbol klubi bugun, 2023-yilning 20-avgustdan 2023-yilning 11-sentyabr kunlari futbolchi Pol Pogbada o‘tkazilgan testlar natijalariga ko‘ra Milliy antidoping qo‘mitasidan profilaktik diskvalifikasiya olganini ma’lum qiladi. Klub keyingi protsessual harakatlarni ko‘rib chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi", - deyiladi klub rasmiy saytida.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik xavbek joriy mavsum A Seriyada ikkita uchrshavda maydonga tushdi.
Fikrlar