"Yuventus" Raboni Frantsiyaga jo‘natib yubordi

  • 5 aprel, 2020, 14:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi Italiyada koronavirus tufayli yuzaga kelgan karantin munosabati bilan o‘zining frantsiyalik yarim himoyachisi Adrian Rabioni vataniga jo‘natib yubordi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 25 yoshli futbolchi endi Frantsiyada 2 hafta karantinda bo‘ladi.

Aytish kerakki, bundan avvalroq “Yuve” rahbariyati jamoaning boshqa legionerlariga ham mamlakatni tark etishga ruhsat bergan edi.

Adrian Rabio joriy mavsum “keksa sinora” safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!