
"Yuventus" rahbariyati Pirloga ultimatum qo‘ydi
Turinning “Yuventus” klubi xo‘jayinlari jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirloga ultimatum qo‘ydi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, agar jamoa A Seriyaning yaqin 2 ta bahsida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, u holda Pirlo iste’foga chiqariladi. “Keksa sinora”ni oldinda “Torino” va “Napoli”ga qarshi o‘yinlar kutmoqda.
Ta’kidlash kerakki, “Yuventus” joriy mavsumni juda ham muvaffaqiyatsiz o‘tkazmoqda. Jamoa Chempionlar ligasi 1/8 finalida kutilmaganda “Portu”ga mag‘lub bo‘ldi va musobaqa bilan xayrlashdi. A Seriyada ham Turin super klubining ishlari yaxshi emas. Ular peshqadam “Inter”dan naqd 10 ochko kam jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pirlo “Yuventus”ni 2020 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Bundan avval jamoani Mauritsio Sarri boshqargan.
Fikrlar