"Yuventus" Rossiya terma jamoasi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 07.06.2026 22:02
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi Rossiya milliy terma jamoasi darvozaboni Stanislav Agkatsevga qiziqish bildirmoqda. "Insaydy ot Karpa" telegram-kanali xabariga koʻra, "keksa senyora" "Krasnodar" posboni haqida maʼlumot toʻplagan.

Maʼlum qilinishicha, turinliklarning asosiy maqsadi "Liverpul" darvozaboni Alissonni transfer qilish hisoblanadi. Biroq mersisaydliklar braziliyalik golkiper bilan xayrlashishni istamayapti. Shu bois klub boshqa variantlarni ham koʻrib chiqmoqda.

24 yoshli Agkatsev italyaliklarning qisqa roʻyxatidan oʻrin olgan. Agar klub siyosiy omillarga qaramay ushbu transferni amalga oshirishga qaror qilsa, kelishuv qiymati 15–20 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Stanislav Agkatsev Rossiya milliy terma jamoasi safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!