
"Yuventus" shu yozda 3 ta zo‘r futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi
"Yuvenus" mavsumlar oralig‘ida uchta yirik transferni amalga oshirmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Turin klubi rahbariyati Ivan Perishich («Inter»), Anxel Di Mariya (PSJ) va Pol Pogbani («Manchester Yunayted») jamoaga taklif qilmoqchi. Aytish lozimki, ushbu futbolchilarning barchasi shu yozda erkin agentga aylanadi.
Pogba 2012 yildan 2016 yilgacha "Yuventus"da o‘ynagan. Perishich 2015 yildan beri “Inter” safida to‘p surib kelmoqda. Faqatgina Di Mariya A Seriyada tajribaga ega emas. U faoliyati davomida Ispaniya, Angliya, Portugaliya va Frantsiya chempionatlarida o‘ynagan.
Fikrlar