
"Yuventus" va "Chelsi" o‘zaro futbolchi almashishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi hujumchi Dushan Vlahovichni ma’lum shartlar ostida Londonning "Chelsi"siga sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
"Corriere dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, agar "aristokratlar" belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuni shartnomaga kiritsa, "keksa senyora" serbiyalikni 25 million evroga qo‘yib yuborishi mumkinligini aytgan.
Vlahovich o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Lukaku Milanning “Inter” klubida ijara asosida o‘ynadi. Belgiyalik futbolchi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar