"Yuventus" va Turindan ketishga hech qanday asos yo‘q
«Yuventus» klubi yarim himoyachisi Sami Xedira jamoadan ketmoqchi emas. Bu haqda Goal.com nashri xabar berdi.
— Italiyada o‘zimni yaxshi his qilyapman. Men kuchli jamoa safidaman va g‘alabalarga "ochman". Ayni paytda biror bir joyga ketishimga asos yo‘q. Chunki men "Yuventus" va Turinda baxtliman, - dedi Xedira.
Xedira bu mavsum A seriyada "Yuve" sharafini 26 o‘yindan 12tasida himoya qildi.



Fikrlar