
"Yuventus" yana bir etakchi himoyachisini noma’lum muddatga yo‘qotdi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Mattia De Shilo jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli italiyalik futbolchi kecha A Seriyaning 2-turidan o‘rin olgan “Napoli”ga (4:3) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan. Hozircha uning qachon safga qaytishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus”ning boshqa bir etakchi himoyachisi Jorjo Kellini tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi. U katta ehtimol bilan bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.
Fikrlar