"Yuventus" 18 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 14 million evro bermoqchi
Turinning “Yuventus” klubi “Santos” forvardi Kayo Jorjeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 18 yoshli braziyalik futbolchini keyinchalik 14 mln evro evaziga sotib olish sharti bilan 500 ming evroga ijaraga olishni taklif qilishgan.
Hozirda tomonlar o‘zaro muzokaralarni davom ettirishmoqda. Aytish kerakki, futbolchining agenti, o‘zining onasi hisoblanadi.

Fikrlar