
"Yuventus" yarim himoyachisini Kompani qo‘l ostiga yubordi
"Yuventus" yarim himoyachisi Marko Pyatsa faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
"Anderlext" klubi 24 yoshli futbolchini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga oldi. Ijara muddati yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Xorvatiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan ham o‘tishga ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi mavsumda deyarli maydonga tushmadi. Mavsum startini esa, jiddiy jarohati tufayli o‘tkazib yubordi.
Fikrlar