
"Yuventus"da "tozalash" ishlari amalga oshiriladi
"Yuventus" yozgi transfer oynasi vaqtida jamoa tarkibida katta o‘zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirdi.
Ta’kidlanishicha, turinliklar Gonsalo Iguain, Federiko Bernardeski, Sami Xedira, Blez Matyuidi, Daniele Rugani va Mattia De Shilo xizmatlaridan voz kechmoqchi.
Klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri talabiga ko‘ra, yangi futbolchilarni topish va jamoa tarkibini yoshartirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar