
"Yuventus"ga keraksiz bo‘lib qolgan Bernardeski uchun "Barsa" 2 ta futbolchisini berishga tayyor
"Barselona" klubi "Yuventus" forvardi Federiko Bernardeskini o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 26 yoshli futbolchi evaziga “keksa sinora”ga xorvatiyalik xavbek Ivan Rakitich va frantsiyalik himoyachi Samuel Umtitilarni berishga tayyor.
Bundan avvalroq, Bernardeski "Yuve" ustozi Mauritsio Sarrining rejalariga kirmasligi va jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bernardeski joriy mavsum “Yuventus” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 32 yoshli Rakitich esa 32 ta o‘yinda 4 ta golga assistentlik qildi. 26 yoshli Umtiti esa 16 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar