"Yuventus"ga qarshi o‘yin oldidan "Napoli" qiyin ahvolda qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" safida koronavirusga chalingan futbolchilar aniqlandi. Kecha jamoa yarim himoyachisi Pyotr Zelinskiyda, bugun xavbek Elif Elmazda ham ushbu infektsiya borligi ma’lum bo‘ldi. 

Ertaga neapolliklar A Seriya 3-turi doirasida "Yuventus"ga qarshi bahs olib boradi. A Seriyadagi yangi qoidaga ko‘ra, biror jamoaning 10 yoki undan ziyod futbolchisida koronavirus aniqlansa, mavsumda bir marta uchrashuvni boshqa sanaga qoldirishni so‘rash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tarkibda eng kamida 13 futbolchi mavjud bo‘lsa, o‘yinni o‘tkazish mumkin. Sog‘lom futbolchilar 13 tadan kam qolgan taqdirda, ushbu jamoaga texnik mag‘lubiyat yoziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!