"Yuventus"ning 2 nafar futbolchisi safdan chiqdi

  • 19 iyun, 2020, 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi himoyachisi Aleks Sandro va yarim himoyachisi Sami Xedira jarohat oldi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi “Napoli”ga (0:0, 2:4 pen.) qarshi bo‘lib o‘tgan Italiya kubogi finalida tizzasidan jarohat olgan. U taxminan 3 hafta maydonga tushmasligi mumkin.

Germaniyalik futbolchi esa mashg‘ulotlar paytida safdan chiqqan. U tez orada tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Himoyachi Jorjo Kellini va hujumchi Gonsalo Iguain esa hali ham yakka tartibda shug‘ullanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!