"Yuventus"ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi
"Yuventus"ning amerikalik yarim himoyachisi Ueston Makkenni ham koronavirusga chalindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
22 yoshli futbolchining COVID-19 ga topshirgan test natijalari musbat chiqqan. Shundan so‘ng, u darhol karantinga olingan va endi jamoasining bir nechta uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bundan avvalroq, "Yuventus"ning portugaliyalik forvardi Krishtianu Ronalduda ham koronavirus aniqlangan edi.
Makkenni "Yuventus" safiga shu yilning 1 sentyabr kuni 4,5 mln evro evaziga "Shalke"dan ijara asosida ko‘chib o‘tgan edi. Turinliklarda keyinchalik uni to‘liq sotib olish huquqi bor.
Fikrlar