
“Yuvenus” Pogba o‘rniga boshqa futbolchi topdi
“Yuventus” tez orada doping iste’mol qilishda ayblangan va futboldan chetlatilgan Pol Pogba bilan xayralishishi mumkin. Shu bois, turinliklar uning o‘rnini bosa oladigan yarim himoyachi topib qo‘ydi.
La Repubblica nashriga ko‘ra, “Arsenal” yarim himoyachisi Tomas Parti “Yuventus”ga transfer qilinishi kutilmoqda.
Ganalik futbolchi 2020 yildan beri “Arsenal”da o‘ynayapti. 30 yoshli futbolchining shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.
Partining transfer summasi 35 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar