Zaa ham koronavirusga qarshi kurashni boshlab yubordi
Londonning "Kristal Pelas" klubi forvardi Uilfrid Zaa koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga yordam berishga qaror qildi.
Xabar qilinishicha, Zaa ko‘chmas mul kompaniyasi egasi ham hisoblanadi. U Angliya shaharlariga qo‘shimcha ravishda yuborilayotgan shifokorlarning yashashi uchun uylar va kvartiralar berishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Gari Nevill o‘z mehmonxonasini COVID-19 virusiga chalingan bemorlarga bo‘shatib bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar